Sing in

You haven't registered yet? Registration






Tatu Xabarlari

Journal guide

SUBMISSION OF MANUSCRIPTS

"TATU xabarlari" jurnali tahririyati mualliflardan maqolani tayyorlash jarayonida quyidagi qoidalarga rioya etishni so'raydi: 1. Maqola masalaning qo'yilishi, tadqiqot usuli, olingan natijalar bayoni va ularning qo'llanilish sohalari o'z ichiga olishi kerak. 2. Maqola tarkibi: mazmunnoma (annotatsiya) rus, o'zbek, ingliz tillarida (ingliz tilidagi mazmunnoma 250 ta so'z atrofida bo'lishi kerak), kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati qayd etish tartibi bilan. 3. Maqola hajmi, illyustratsiya va manbalar bilan birgalikda 15 betdan oshmasligi kerak. 4. Maqola qo'lyozmasi va unga tegishli hujjatlar elektron shaklda qabul qilinadi: maqolaning matni (birinchi va ikkinchi nusxalari), ekspertiza xulosasi (ish olib borilgan tashkilot rahbariyati tomonidan nashr etishga ruxsat), mualliflar haqida ma'lumot - ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va unvoni, telefon raqami va elektron pochtasi. 5. Maqola UDK shifri bilan keltirilishi lozim. Maqola oxirida, maqolada keltirilgan natijalar, tadqiqotlar qaysi loyihada (grant, shartnoma) amalga oshirilganligi keltirilgan bo'lishi kerak. 6. Maqolalar rus, o'zbek va ingliz tillarida nashr etilishi mumkin

EDITORIAL PROCESS AND PEER REVIEW

Algoritmlar va dasturiy mahsulotlar Kommunikatsion tarmoq va tizimlar Signallar va tasvirlarga ishlov berish Axborot xavfsizligi Qisqa ilmiy ma'lumot

OPEN ACCESS FEE

Ishda keltirilgan ma'lumotlar uchun maqola muallif(lar)i javobgar. Tahririyat yuborilgan maqolalarni qaytarmaydi. Maqolalar taqriz qilinadi. Agarda maqola ilmiy qiymatga ega bo'lmasa, talabga ko'ra rasmiylashtirilmagan bo'lsa tahririyat maqolani qabul qilmaslik huquqiga ega. Tahririyat maqolani nashr etish uchun qabul qilganligi haqida ma'lumotnoma bermaydi.

FORMATTING REQUIREMENTS

Matnli muharriri va formulalar muharriri: Microsoft Word 97-2003 versiyalari. Maydonlar: tepadan, pastdan - 2sm, chapdan - 3sm, o'ngdan - 1.5sm, birlik interval 1sm. Shrift hajmi 14 Times New Roman standartida. Formulalar aylanali qavslar bilan raqamlanadi va rasm sifatida saqlanmasligi kerak. Jadvalning tartib raqamidan so'ng nomi bo'lishi kerak. Rasmlar raqamlari ketma-ket bo'lishi kerak, grafik muharririda bajarilishi va Microsoft Word ga qo'yilishi kerak. Rasmlar skanerlangan bo'lmasligi shart. Foydalanilgan adabiyotlarga ko'rsatkichlar kvadrat qavslar orqali, xalqaro qoidalar bo'yicha rasmiylashtiriladi (muallif, nomi, nashriyot, yil, nomer, betlar). Jurnal tahririyati quyidagi manzilda joylashgan: 100202, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi 108, TATU, "D" bino, 3-qavat, 305-xona. Telefon: (+998-71)238-65-06, elektron manzil: raximov022@gmail.com Maqolalarni qabul qilish seshanba va juma kunlari 1500 dan 1700 gacha